Ommaviy oferta — oylik to'lov shartnomasi
1. Umumiy qoidalar
Ushbu hujjat MyTop Learn platformasi (keyingi o'rinlarda — «Platforma») va kursga yozilgan jismoniy shaxs (keyingi o'rinlarda — «O'quvchi») o'rtasidagi ommaviy oferta hisoblanadi. O'quvchi kartani ulab, obunani faollashtirishi ushbu shartlarga to'liq rozilik bildirganini anglatadi.
2. To'lov tartibi
Oylik tarifdagi kurs uchun to'lov kurs davomiyligiga teng miqdordagi oylar davomida, har oy bir marta, obuna faollashtirilgan kundagi sanada avtomatik yechib olinadi. Yechib olinadigan sanalar va summalar obunani faollashtirishdan oldinto'liq ko'rsatiladi hamda faollashtirilgandan so'ng Telegram orqali yuboriladi.
Agar oyning tegishli sanasi mavjud bo'lmasa (masalan, 31-sana qisqa oyda), to'lov o'sha oyning oxirgi kunida amalga oshiriladi.
3. Bekor qilish
O'quvchi obunani istalgan vaqtda kabinetidagi «To'lovlarim» bo'limidan bekor qilishi mumkin. Bekor qilingandan so'ng keyingi oylar uchun to'lov yechilmaydi; to'langan oy oxirigacha kursga kirish saqlanadi.
4. Narxning o'zgarishi
Kurs narxi keyinchalik o'zgarsa, bu allaqachon faollashtirilgan obunaga ta'sir qilmaydi — O'quvchi obuna boshlangan paytdagi narxda to'laydi.
5. Kartadan yechish
To'lovlar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq litsenziyalangan to'lov tashkilotlari orqali amalga oshiriladi. Platforma karta ma'lumotlarini saqlamaydi — faqat to'lov tashkiloti bergan token saqlanadi.
6. Muallif va Platforma mas'uliyati
Kurs mazmuni uchun muallif javob beradi. Platforma texnik ishlash, to'lovlarning to'g'ri o'tishi va O'quvchining kursga kirish huquqi uchun javob beradi.
Savollar bo'yicha: tizim bilan bog'lanish.